35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

DMTTDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va xavfsizlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, guruh xonalari, ovqatlanish va dam olish joylari, sanitariya-gigiyena talablari hamda hududning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, kirish-chiqish joylari va muassasa hududining xavfsizlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4