35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

HUDUD INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati P.Tojiboyev tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llar, obodonlashtirish, hududni toza va ozoda saqlash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud infratuzilma obyektlarining holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hudud infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🔹 Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.