📍 Ijtimoiyat mahallasida bank xodimi bilan hamkorlikda kredit olish istagida bo‘lgan oilalar muhokama qilindi.
🔹 Kredit olish istagidagi oilalarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish va boshqa daromad keltiruvchi yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalari o‘rganildi.
🔹 Fuqarolarga kredit olishning mavjud imkoniyatlari, zarur talab va shartlar, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda kreditni o‘z vaqtida qaytarish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹 Bandlikni ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirish orqali ehtiyojmand oilalarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔹 Har bir oilaning ehtiyoji va imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 MAQSAD: oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va mahallada kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish.