35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🤝 PO‘LAT MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Po‘lat mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
🔹 Fuqarolarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹Aniqlangan muammolarni tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.