35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🏘 MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov Madaniyat mahallasida bo‘lib, mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi.
🔹 O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔹 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Mahalladagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilish holati, belgilangan vazifalarning ijrosi va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Maqsad — aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va mahallada munosib yashash sharoitlarini yaxshilash.