35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLAGA TENG IMKONIYAT

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Sarmich MFYdagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida maktab rahbariyati va pedagoglar bilan inklyuziv ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ular uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz muhit, ta’lim jarayonida ularning individual ehtiyojlarini inobatga olish, pedagogik qo‘llab-quvvatlash hamda maktab infratuzilmasining moslashtirilganligi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishi, jamoaga moslashuvi, ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi va ularning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3