O‘zbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi Qonuni ekologik talab va me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📝Mazkur Qonun davlat organlari, jamoatchilik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik sohadagi mas’uliyatini mustahkamlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda tabiatga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✅Har bir fuqaro tabiatni asrashga o‘z hissasini qo‘shishi, ekologik talab va qoidalarga rioya qilishi, atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olishda faol bo‘lishi lozim. Tabiatni asrash – nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
Bizni kuzatishda davom eting!