35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

#Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan birgalikda tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha muhokama va o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida Axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud sharoitlar, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda yoshlarning kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-280-son talablari ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

Jarayon davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullardan tegishli ma’lumotlar olindi hamda deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishini yanada takomillashtirish, mavjud masalalarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6