📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova “Kimyogar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ta’mirtalab ko‘chalar holatini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, “Sayilgoh” ko‘chasi 10A-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyning oqova suv (kanalizatsiya) quvuri yorilganligi holati mahalla raisi va soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.
🔸Aniqlangan kamchiliklar va avariya holatini qisqa muddatlarda bartaraf etish, oqova suv tizimini tartibga solish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi. Mazkur masalalar to‘liq hal etilgunga qadar jarayon deputat nazoratida qoladi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook