35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayoni hamda pedagoglar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning mazmuni va samaradorligi, shuningdek, pedagoglarning o‘z xizmat vazifalariga yondashuvi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyachi-pedagoglarning ish rejalari, mashg‘ulotlarga tayyorgarligi, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, pedagoglarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3