35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📢 E’LON

Ertaga, 2026-yil 17-sentabr kuni, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan shahar kommunal soha tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglanadi.

Mavsumga tayyorgarlik, kommunal xizmatlar sifati, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi.

📌 Hurmatli saylovchilar!
Sizni qiziqtirayotgan masalalar, savol va takliflaringizni @margilonmurojaat_bot orqali yuborishingiz mumkin.

Slide 1 of 1