35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “G‘ishtli masjid” MFY, Zarbhona ko‘chasi 39-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Abduhamidova Gulbonu murojaat qildi.

️Murojaatda fuqaro G.Abduhamidova farzandi Aliyeva Robiyahonni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida amaliy yordam so‘ragan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i N.Ergashevaga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Maktab va maktabgacha ta’lim” masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqaro Abduhamidova Gulbonuning farzandi Aliyeva Robiyahonni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasi qachon hal etilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2