35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tuman Kengashi deputati B.Amanov tomonidan o‘rganilib, tahlil qilindi.
O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligi tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlashni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2