35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sport zali - nafaqat zal, bu yoshlar uchun imkoniyat maydoni!

Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi 8-sonli "Erkindaryo" saylov okrugidan saylangan deputat J.Jumanazarov 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, sport zalida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Maktabdagi sport zallari - o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu bois deputat ta’mirlash ishlarining sifati, yaratilayotgan sharoit va o‘quvchilar uchun qulaylik darajasiga alohida e’tibor qaratib, maktab jamoasi bilan fikr almashdi.

Deputatning joyidagi masalalarni o‘rganishi - bugungi faoliyatni kuzatish emas, ertangi natijaga e’tibor.

Slide 1 of 2