35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MINGCHINORDA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatli A.Avazov tomonidan Mingchinor MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari o‘rganildi.

Jarayon davomida aholi uchun barpo etilgan bolalar o‘yingohi va sport maydonchasi, piyodalar yo‘laklari hamda oqova suvlarni chiqarish uchun lotoklar o‘rnatilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, mavjud infratuzilma obyektlaridan aholining samarali foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2