35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — e’tibor markazida

🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — e’tibor markazida

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3- maydagi “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-97-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputati J. Raxmanova tomonidan Temirqadam mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholi o‘rtasida yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish hamda yodlangan tuzdan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, yod yetishmasligining inson salomatligiga ta’siri, uning profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3