Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ta’lim muassasalaridagi sport to‘garaklari faoliyati o‘rganilmoqda.
✅O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 78-son qarori talablari asosida olib borilmoqda.
🎯Asosiy e’tibor sport to‘garaklari faoliyati, yoshlar qamrovi, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, sport inshootlaridan samarali foydalanish, shartnomalar va to‘lovlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishiga qaratilmoqda.
📌Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun imtiyozlarning qo‘llanilishi hamda tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati o‘rganilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘ladi.