35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yangikent mahallasida fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi Zokir Mullajonov hamda deputat Furqat Sarimsakov tomonidan Yangikent mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy yo‘nalishdagi muammo va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan ayrim masalalar yuzasidan deputatlar murojaat qilgan fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, mavjud holatni joyida o‘rgandilar.
O‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 5