Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “1-Ultarma” saylov okrugi deputati Z.Prxonova hududiga kiruvchi “Dasht” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi A.Abduraxmonovlar tomonidan 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
📌Mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilangan.
🔴O‘rganish davomida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅Loyiha doirasida “Dasht” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1,8 kilometr sug‘orish tarmog‘ini betonlashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 1 kilometr qismiga beton lotoklar o‘rnatildi, qolgan qismini betonlashtirish ishlari esa davom ettirilmoqda.
🔴Mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida aholining tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati yaxshilanib, suvdan samarali foydalanish ta’minlanadi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
✅O‘rganish davomida loyiha ijrosi nazoratga olindi va ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.