O‘rganish davomida mahalla hududida hashar yo‘li bilan yangi kanalizatsiya quvurlari o‘tkazilgani, shuningdek, ayrim ichki ko‘cha yo‘llarini asfaltlash va ta’mirlash zarurati mavjudligi aniqlandi.
✅ Deputat tomonidan ichki ko‘cha yo‘llarining holatini yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.
📝 Mazkur masalani hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish va masalani deputatlik nazoratiga olish belgilandi.
✍️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi