📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL QILINMOQDA!
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Tug‘ilova Gulnoz Ilyozovna tomonidan G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M–39 xalqaro avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Mazkur so‘rov asosida:
🔹 piyodalar uchun xavf-xatarsiz joylarga metall to‘siqlar o‘rnatilmoqda;
🔹 yo‘l bo‘yi xavfsizlik infratuzilmasi yaxshilanmoqda;
🔹 piyodalar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda;
🔹 aholi murojaatlari va tashabbuslari ijobiy yechim topmoqda.
🚸 Xavfsiz yo‘llar — yorqin kelajak uchun!