35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi

Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova, O'zbekiston XDP tuman Kengashi raisi G.Turanbayevalar tomonidan tuman tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.

📌O‘rganish davomida hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning holati, fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, shuningdek, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

📌Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida bemorlarga tavsiya etilayotgan davolash va profilaktika choralari, shifokor ko‘rsatmalarining bajarilishi, aholining murojaatlari bilan ishlash hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4