35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Qonun ijrosi o'rganildi

#Qonun ijrosi o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova bilan hamkorlikda tuman Obodonlashtirish bo‘limida chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini o‘rgandi.

📃 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-sonli Qonunida belgilangan talablarning amalda bajarilishi, chiqindilarni yig‘ish, saqlash, olib chiqish va belgilangan tartibda boshqarish jarayonlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🗑Hududlarda sanitariya va ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindilar bilan ishlashda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Atrof-muhitni asrash, hududlarda tozalik va obodonlikni ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4