35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🔰Ekspert guruhi yig‘ilishida qaror loyihalari muhokama qilindi

🔰Ekspert guruhi yig‘ilishida qaror loyihalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2025-yil 27-fevraldagi “Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi VII-7-26-2-35-K/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Yig‘ilishda Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan qaror loyihalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, qaror loyihalarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan ishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✔️Muhokamalar davomida har bir masala bo‘yicha tayyorlangan hujjatlarning asoslanganligi, belgilangan vazifalarning aniq ifodalangani hamda qaror loyihalarida nazarda tutilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida qaror loyihalarini yanada takomillashtirish, ularni belgilangan tartibda sessiya muhokamasiga kiritishga tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✔️Ekspert guruhining bunday yig‘ilishlari Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning puxta, asosli va qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3