Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash deputatlari G.Islamova va N.Turdiyev tomonidan “Axillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan workout maydonchasi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida workout maydonchasiga ornatilayotgan jihozlarning sifati ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan workout maydonchasiga mas’ul biriktirish kerakligi, bolalar foydalanadigan o‘yingohlardagi bunday jihozlarning soz va xavfsiz holatda bo‘lishi muhimligi qayd etildi.