35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yangi avlod uchun — munosib sharoit!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan barcha qulayliklarga ega, zamonaviy talablarga mos ravishda qurilib, foydalanishga topshirilgan 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🏫 Tashrif davomida ta’lim-tarbiya jarayoni uchun yaratilgan imkoniyatlar, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda bolajonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🌱 Sifatli ta’lim, munosib sharoit va sog‘lom muhit — kelajak poydevori!
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida bunyod etilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy maskanlar yurtimizda inson qadri va farzandlar kelajagiga bo‘lgan e’tibor yuksak ekanining yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 3