35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YOSHLAR SIYOSATI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SESSIYADA MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 31-sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi tumani bo‘limi boshlig‘i S.Lapasovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada tumandagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Muhokama va bildirilgan takliflar asosida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1