35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

SARMICh MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati S.Xojiyev tomonidan Sarmich mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kundalik hayotda uchrayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalar, bandlik, moddiy ko‘mak, infratuzilma hamda boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaatga individual yondashilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni qonuniy hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tegishli tashkilot va mas’ullar vakolatiga kiruvchi murojaatlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Sayyor qabul davomida aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan tegishli tartibda hal etish va ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 4