Aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar mahallaga tashrif buyurib, fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan, mahalladagi elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va ta’minot barqarorligini oshirish maqsadida 160 kVt quvvatga ega yangi transformator hamda 23 dona beton ustun ajratildi.
Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida mahalladagi elektr ta’minoti barqarorligi yanada yaxshilanib, aholining yillar davomida yechimini kutib kelgan muammolaridan biri bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
O‘z navbatida, mahalla aholisi elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlardan mamnunligini va minnatdorligini bildirdi.
Aholi murojaatlari — amaliy yechimlar va natijalar bilan.