Hududda ko‘p qavatli uy-joylar atrofini tartibga keltirish, ularning tashqi fasad qismlarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, kirish yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlarini obodonlashtirilishi shuningdek, uylar atrofida yashil hududlar tashkil etish, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash hamda aholining dam olishi uchun qulay maskanlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.