35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Mahalla tashabbusi bilan 38 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi

O‘rganish davomida mahalla raisi tashabbusi bilan hashar tashkil etilib, aholi bilan hamkorlikda Xuroson ko‘chasidagi 38 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlangani, shuningdek, ko‘chaga qum-shag‘al yotqizilgani holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma masalalarini joyida hal etish, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash hamda mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, mahalla aholisining faol ishtiroki va tashabbusi asosida hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan ishlar aholi va mahalla faollarining hamjihatligi, o‘zaro hamkorligi hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilinib, aholi uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash, ichki infratuzilmani rivojlantirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda aholi manfaatlariga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash va hududlardagi dolzarb masalalarni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3