O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zarafobod tumani Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati X. Ismatov Yorqin mahallasida QVP hamshiralari bilan birgalikda aholi o‘rtasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, fuqarolarga mavjud imtiyozlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholining ijtimoiy himoyasi va huquqlarini ta’minlash masalalarini o‘rganishdir.