35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Amanov tomonidan tuman Kengashining 10-“Qarsoqli” saylov okrugi deputati Sh.Boboqulovaning saylov okrugiga qarashli “Qarsoqli” mahallasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 24 ta tavsiyaning 5-yo‘nalishi — mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ijtimoiy xodimning aholi bilan ishlash samaradorligi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda zarur ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1