O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan ijro hujjatlarining qonuniy va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ijro ish yurituvi jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash hamda ijro intizomi masalalari tahlil qilindi.
Nazorat o‘rganishi yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.