35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

AHOLI SALOMATLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №265-I ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputati G. Keldibekova tomonidan O‘rmonchi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlash, tibbiy-profilaktik xizmatlarning tashkil etilishi hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi murojaat va takliflari tinglandi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Inson salomatligi — eng oliy qadriyat!