35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#munosabat

Tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar — iqtisodiy faollik uchun mustahkam poydevor

✔️Bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes vakillarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
✔️Kichik biznesni tekshirishga 3 yillik moratoriy joriy etilishi, tadbirkor tashabbusi bilan o‘tkazilgan xususiy audit xulosasining soliq organlari tomonidan tan olinishi, iqtisodiy amnistiya doirasida soliq qarzlarini penyasiz yopish imkoniyatining yaratilishi — tadbirkorlar uchun muhim yengillik, deb hisoblayman.
✔️Ayniqsa, tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasining kuchaytirilishi davlat organlari bilan munosabatlarda biznes vakillarining huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✔️Bunday yondashuv tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, uni ortiqcha byurokratik to‘siqlardan himoya qiladi, yangi loyihalarni amalga oshirish va ish o‘rinlarini yaratish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi.
👉Deputat sifatida mazkur islohotlarni ijobiy baholayman. Chunki tadbirkorga berilgan imkoniyat — yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha daromad va hudud iqtisodiy rivoji uchun yaratilgan imkoniyatdir.

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,