35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

TUMAN KENGASHI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALALAR YUZASIDAN O'RGANISHLAR

Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish belgilangan.
📋 Mazkur qaror asosida tuman bo‘yicha manzilli dastur va kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, og‘ir toifadagi 8 ta mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilangan.
🔎 Sessiya oldidan qaror ijrosini joylarda puxta va chuqur o‘rganish maqsadida Tuman Kengashi deputati N. Asqarova tomonidan og‘ir toifadagi Qulpisar mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
🏘 O‘rganish davomida mahallada aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan infratuzilmaviy loyihalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🛣 Jumladan, 4,7 km ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari yakuniga yetkazilgani hamda mahalla aholisi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 1 km yangi suv tarmog‘i tortilgani aniqlandi.

Slide 1 of 3