35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Rasulov "Uysozlar" dehqon bozorida bo‘ldi. O‘rganishdan asosiy maqsad – bozorda eng zarur iste’mol mahsulotlarining yetarliligi, oziq-ovqat xavfsizligi va narx-navo barqarorligini monitoring qilishdan iborat.

🔹 Monitoring davomida kuzatilgan asosiy jihatlar: Gosht, sut, go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va yarmarkalar faoliyati o‘rganildi.

🔹Bozor peshtaxtalarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli hajmda mavjudligi va ularning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

✅Sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot: Aholi va tadbirkorlarning taklif hamda e’tirozlari eshitilib, narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 1