35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

PAXTAKOR MAHALLASIDA INFRATUZILMA ISHLARI O‘RGANILDI

 PAXTAKOR MAHALLASIDA INFRATUZILMA ISHLARI O‘RGANILDI

📍 Paxtakor mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi A. Radjabov hamda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati A. Erkinov Paxtakor mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori asosida hududda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 O‘rganish davomida Paxtakor MFY hududidagi Abu Nasr Forobiy ko‘chasining 2 km qismida barpo etilgan piyodalar yo‘laklarining sifati, bajarilgan ishlarning amaldagi talablar asosida tashkil etilgani va o‘z vaqtida amalga oshirilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1