📚 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov Toshkent shahar kasbiy mahorat texnikumining 1-bosqich o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi.
📌Dars davomida mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning jamiyatdagi faol ishtiroki haqida so‘z yuritildi.
❗️Shuningdek, o‘quvchilar bilan Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, bilim va kasb-hunar egallashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
💬 Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va mulohazalarini bildirdilar.