35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 DASTURLAR IJROSI DOIRASIDA NAVBATDAGI O‘RGANISH

Shovot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosini o‘rganish va nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdilar.
Jumladan, tuman markazidan o‘tuvchi R.Polyazov kanalini yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi deputatlik nazorati asosida izchil o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 6