#ish_reja_ijrosi
📌 NOVQA MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari, taklif lari tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar asosan ajrimlarni oldini olish oilaviy nizolarni tinch yo'l bilan hal etish hamda boshqa dolzarb muammolarga oid bo‘ldi.
Bildirilgan murojaatla yuzasidan joyida tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy chora ko‘rishni talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilishi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.
🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini eshitish va qonuniy yechim topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.