35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Hududni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov tomonidan o‘z saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uyma-uy yurib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, hududdagi mavjud muammolar hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar tinglandi. Ayniqsa, hududlarni obodonlashtirish, tozalik va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hududni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Bunday uyma-uy muloqotlar orqali fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2