Termiz shahrida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish, suv resurslaridan unumli va tejamkor foydalanish hamda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar deputatlik nazoratining doimiy markazida turibdi.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari tahliliga bag‘ishlangan muhim ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, doimiy komissiya a’zolari (deputatlar) hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.