35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Suv quvuridagi muammo deputat nazorati ostida bartaraf etildi

#Paxtakor_tumani_kengashi
#Deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Dilorom mahallasi Navro‘z ko‘chasi hududidagi suv quvurining yorilgani va buning natijasida suv ta’minotida noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga quvurdagi nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqovning nazorati ostida tegishli tashkilotlar tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, yorilgan suv quvuri ta’mirlandi. Natijada aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, hududdagi suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘z yechimini topdi.

Bu kabi amaliy ishlar fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish va aholi uchun qulay sharoit yaratishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1