35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

Yunusobod tumanidagi
273-sonli umumta’lim maktabida “Avlodlar vorisligi — yurt taraqqiyoti poydevori” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustam Kalonov, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sharofiddin Usmonov, Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati Abrorxo‘ja Saidaliyev, Iqbolxon Ashrapova, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda faxriy mehmonlar o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari bilan o‘rtoqlashgan bo‘lsa, Italiyadagi nufuzli universitet magistranti S.Ismatullayev yoshlarga o‘z muvaffaqiyat sirlari haqida so‘zlab berdi.

✅ Samimiy savol-javoblar bilan o‘tgan muloqot yoshlarni ilmga intilish va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 6