35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Mahalla faoliyati va deputatlik nazorati qonuniy asosda o‘rganilmoqda

📌 Mahalla faoliyati va deputatlik nazorati qonuniy asosda o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Mirzabekov o‘ziga biriktirilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-350, 22.04.2013-y.) ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.
Deputat mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati, mahalla yettiligining hamkorlik tizimi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonlarini mazkur qonun talablari asosida tahlil qilmoqda. Jarayonda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi vakolatlari va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qonuniy asosda tashkil etilayotgan ushbu o‘rganishlar mahallalarning nufuzini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.