35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN DUAL TA’LIM AMALIYOTI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan kutubxonashunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-bosqich o‘quvchilari uchun dual ta’lim doirasida amaliyot mashg‘ulotlari boshlandi.

Dastlabki amaliyot Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-resurs markazida tashkil etilib, 19-guruh o‘quvchilari kutubxonaning bo‘limlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘quvchilarga kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tushuntirilib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 7