35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“MADANIYAT” MAHALLASI FUQAROLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E. Karimov “Madaniyat” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan alohida-alohida suhbatlashilib, ularning murojaatlari va takliflari o‘rganildi.

Asosan, murojaatlar tadbirkorlikni boshlash, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud kichik ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, oilaviy masalalar hamda yaqinda e’lon qilingan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish masalalariga oid bo‘ldi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Slide 1 of 6