35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyada belgilangan vazifalarning 2-bandi — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish.

 Mazkur yo‘nalishda deputatlar tomonidan:

tibbiyot muassasalarida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati;
fuqarolarning shifokor qabuliga kirishi va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati;
tez tibbiy yordam xizmatining o‘z vaqtida yetib kelishi;
dori-darmon va zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlanganlik;
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik holati;
aholining murojaatlari va ularning yechimi o‘rganiladi.

Asosiy maqsad — aholiga tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida, sifatli va qulay ko‘rsatilishini ta’minlashga ko‘maklashish.